AQSh Eron nefti bo‘yicha aniq muddat qo‘ydi

Iqtisodiyot 17:20 / 23.07.2018 10256

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning ma'lum qilishicha, Vashington Eron neftini import qiluvchi davlatlar bilan ishlashda davom etmoqda. Bu ularni xomashyo xarid qilishdan voz kechishga ko‘ndirish maqsadida qilinyapti, deb xabar beradi RIA «Novosti».

«Bizning maqsad shundan iboratki, Eron neftini import qiluvchi davlatlar bilan ishlash va bu importni 4 noyabrga qadar nol darajaga qadar tushirish», - dedi Pompeo.

Avvalroq, AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin Qo‘shma Shtatlar Amerika sanksiyalari joriy etilgunga qadar Eron neftidan voz kechishga ulgurmaydigan ba'zi davlatlar uchun yon bosishga tayyor ekani haqida xabar bergandi.

Uning ta'kidlashicha, Amerika hukumati Erondan neft xarid qilishni davom ettiradigan istalgan davlatga qarshi sanksiyalar joriy etishga tayyor.

Ko‘proq yangiliklar: