Ukraina chempionati yangi formatda. Turnirda 12 klub ishtirok etadi

Sport 10:30 / 22.07.2018 3685

Bugun, 22 iyul kuni Ukraina chempionatining yangi mavsumi start oladi. Yangi mavsumda turnirdagi jamoalar soni 12taga qisqartirilgan. Bu mavsumda ham asosiy favoritlar Donetskning «Shaxtyor» va Kiyevning «Dinamo» jamoalari bo‘lishi kutilmoqda.

Ukraina chempionatining 22-mavsumi ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda 12 jamoa ikki davrali turnir o‘tkazadi, uning yakunlariga ko‘ra yuqoridagi 6 o‘rinda bo‘lgan jamoa medallar uchun kurashni davom ettiradi, qolgan 6 jamoa ligada qolish uchun kurash olib borishadi.

«Shaxtyor» va «Dinamo»dan tashqari, turnirda Poltavaning «Vorskla», Luganskning «Zarya», «Mariupol», «Aleksandriya», Lvovning «Karpati» va Donetskning «Olimpik» klublari ishtirok etadi. O‘tgan mavsumda Lvov sharafini himoya qilgan «Vares» jamoasi bu mavsumda «Lvov» FK nomi ostida o‘ynaydi. Shuningdek, elitada Odessaning «Chernomorets» klubi jon saqlab qolgan. O‘tish turnirida «Poltava»ga yengilgan «Moryaki» klubi raqib jamoa elitada qatnashishdan voz kechgani uchun yuqori ligada qatnashadi.

Birinchi ligadan yana ikki jamoa - «Arsenal-Kiyev» va Chernigovning «Desna» klubi premer-ligaga chiqqan. Kiyevliklar elitaga oradan 4 yil o‘tib qaytmoqda. Chernigovliklar uchun esa bu mavsum debyut mavsumdir.

«Shaxtyor» va «Dinamo» shanba kuni Ukraina Superkubogida maydonga tushib, yangi mavsumni amalda ochib berishgandi. Bu o‘yin birinchin bo‘limda Vitaliya Buyalskiy tomonidan urilgan yagona gol evaziga kiyevliklar jamoasi g‘alabasi bilan tugadi.

Ko‘proq yangiliklar: