Tramp Klinton va Demokratik partiyani josuslikda aybladi

Jahon 17:00 / 22.07.2018 8865

AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterdagi sahifasida 2016 yilgi prezident saylovlaridagi sobiq nomzod Hillari Klinton va Demokratik partiyani o‘zining saylov kampaniyasiga nisbatan «noqonuniy josuslik» qilganlikda aybladi.

«G‘irromchi Hillari Klinton va Demokratik partiya siyosiy ustunlikka erishish maqsadida Trampning saylovoldi kampaniyasiga nisbatan noqonuniy josuslik olib borgan», deya yozadi Tramp.

Shuningdek, u Klintondan uning rejasi ish bergan yoki bermaganini so‘rashga chaqirgan. Uning fikricha, Klinton mustaqil senator Berni Sanders bilan bundanda ko‘prog‘ini amalga oshirgan.

«Respublikachilar birlashishi kerak», deya xulosa qilgan Tramp o‘z raqiblarini firibgarlar deya atagan.

Ko‘proq yangiliklar: