Rossiyaning Suriyadagi bazasiga dronlar hujumi ro‘y berdi

Jahon 15:00 / 22.07.2018 15658

Suriyadagi rossiyalik harbiylar joylashgan Xmeymim bazasiga uchuvchisiz uchish qurilmalari orqali ikki marta hujum uyushtirildi. Aviabaza xodimlari ma'lumot berishicha, dronlar urib tushirilgan.

«22 iyul kuni tongida aerodrom tashqarisidan shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishda kirib kelayotgan noma'lum uchar jism urib tushirildi», — degan manba.

Birinchi hujum esa shanba kuni sodir etilgan. Dron 21 iyulga o‘tar kechasi noma'lum kuchlar nazoratidagi hududdan uchirilgan.

Ikki holatda ham jabrlanuvchilar yo‘qligi aytilgan.

21 iyul kuni Rossiya harbiylari suriyalik askarlar bilan hamkorlikda mamlakat shimolidagi Lataqiya provinsiyasida 16 iyul kuni Xmeymim bazasiga amalga oshirilgan hujumga javoban amaliyot boshlagani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: