Rafael Markes futbolchilik faoliyatini yakunladi. U jahon chempionatlari rekordchisi sifatida ketdi

Sport 15:40 / 22.07.2018 6839

Meksika terma jamoasi sardori Rafael Markes 39 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi. 

Ushbu futbolchi Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatiga ham terma jamoa bilan kelgan va 5ta mundialda terma jamoa bilan sardor sifatida qatnashgan futbol tarixidagi ilk futbolchiga aylangandi.

Futbol bilan xayrlashgani haqida meksikalik futbolchi o‘z tvitterida ma'lum qilgan.

Futbolchi muxlislarga 21 yillik professional faoliyati davomida qo‘llab-quvvatlab kelishgani uchun minnatdorchilik bildirgan. U xayrlashuv xabarida o‘zi o‘ynagan klublardagi suratlarini jamlagan.

U o‘z faoliyati davomida «Atlas», «Monako», «Barselona», «Nyu-York Red Bull», «Leon» va «Verona» kabi klublarda to‘p surgan. Markes faoliyatida jami 20 sovringa ega chiqqan, shundan 12tasi «Barselona» bilan qo‘lga kiritilgan (4 karra Ispaniya chempioni va ikki bor YeChL g‘olibi). U «Monako» bilan 1999/00 yilgi mavsumda Fransiya chempioni bo‘lgan, Meksika terma jamoasi bilan 1999 yiligi Konfederatsiyalar kubogida g‘olib chiqqan, 2003 va 2011 yillarda KONKAKAF kubogini qo‘lga kiritgan.

Endilikda Markes Meksikaning «Atlas» klubi ma'muriyatida ish boshlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: