Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining navbatdagi maslahatlashuv uchrashuvi Toshkentda bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 00:31 / 22.07.2018 12371

Navbatdagi Markaziy Osiyo davlat rahbarlari maslahatlashuv uchrashuvi 2019 yil mart oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

21 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Cho‘lpon ota shahrida (Qirg‘iziston) Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati

Ma'lum qilinishicha, tadbir chog‘ida mintaqa kun tartibining dolzarb masalalari, shuningdek Markaziy Osiyoda ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha sermazmun va batafsil fikr almashildi.

Bundan tashqari xavfsizlikni ta'minlash, mintaqa davlatlarining savdo-iqtisodiy aloqalarini faollashtirish, Markaziy Osiyoning tranzit-transport salohiyatlarini kengaytirish sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning zarurligi qayd etilgan.

O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov tadbir qatnashchilarini joriy yilning oktabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyo davlatlarining Mintaqaviy iqtisodiy forumi ishida ishtirok etishga taklif etdi.

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra Qo‘shma bayonot qabul qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: