«Boko Haram» jangarilari Chadda 18 kishini o‘ldirdi

Jahon 12:50 / 22.07.2018 6917

«Boko Haram» radikal terrorchi guruhining Chad g‘arbidagi qishloqlardan biriga amalga oshirgan hujumi natijasida 18 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda RIA Novosti. Voqea Niger chegarasidan uncha uzoq bo‘lmagan hududda sodir bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, voqea 21 iyulga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Bosqinchilar 18 nafar kishini o‘ldirgan, 2 kishiga jarohat yetkazgan hamda 10 ayolni o‘g‘irlab ketgan.

Asosiy bazasi Nigeriya hududida bo‘lgan «Boko Haram» terrorchilik guruhi g‘arbcha ta'lim tizimini butkul rad etadi hamda butun mamlakat bo‘ylab shariatga asoslangan tuzum o‘rnatishga harakat qiladi. Huquqni himoya qiluvchi tashkilotlarning hisob-kitoblariga ko‘ra «Boko Haram» guruhining qurbonlari soni keyingi 8 yilda 20mingdan oshib ketdi.

Tashkilot Kamerun, Niger, Chad davlatlari tomonidan o‘ziga qarshi amalga oshirilgan harbiy amaliyotlarga javoban ko‘plab teraktlarni amalga oshirgan.

Ko‘proq yangiliklar: