Yaponiyada 2020 yilgi Olimpiada va Paralimpiada ramziy jonivorlarining nomlari tasdiqlandi

Sport 10:50 / 22.07.2018 4108

2020 yilda Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada va Paralimpiada o‘yinlari ramziy jonivorlariga Miraytova va Someyti deb nom berildi. Bu haqda Olimpiada-2020 tashkiliy qo‘mitasining saytida xabar qilindi.

«Nomlar Yaponiya va xorijdagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida 2017 yil dekabrdan 2018 yil fevralgacha o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga muvofiq tanlandi. Bundan buyon Miraytova va Someyti bo‘lajak Olimpiada va Paralimpiadaning rasmiy elchilari bo‘lishadi», - deyiladi xabarda.

Olimpiya o‘yinlari jonivori Miraytova nomi ikki - «miray» (kelajak) va «tova» (abadiyat) so‘zlaridan tashkil topgan.

«Unda bizning abadiy go‘zal kelajak haqidagi istagimiz aks etgan. 2020 yildagi o‘yinlarga kelsak, dunyodagi barcha kishilar qalbida umidlarga to‘la kelajak hissi abadiy saqlanib qoladi deb umid qilamiz», - deyiladi tashkiliy qo‘mita tomonidan.

Someyti nomi esa Nara prefekturasida o‘suvchi, qirol olchasi deb nomlanuvchi Someyyosino navli sakura nomidan olingan. Sakura rangidagi Someyti Yaponiya yuragini hamda paralimpiyachi atletlarning hayratlanarli qobiliyatlarini aks ettiradi», - deb ta'kidladi musobaqa tashkilotchilari.

2020 yilgi Tokio Olimpiadasi va Paralimpiadasi rasmiy jonivorlarining ko‘k va pushti katakli naqsh tushirilgan haykalchalari yapon animesi uslubida tayyorlangan. 

Tokio Olimpiadasi 24 iyuldan 9 avgustgacha, Paralimpiada esa 25 avgustdan 6 sentabrgacha bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: