O‘zbekiston o‘tgan yili Ukrainadan qancha qurol sotib olgani ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston 12:13 / 21.07.2018 46658

Ukraina 2017 yilda olti mamlakatga eksport shartnomalari bo‘yicha qurolning oddiy turlari yetkazib berilishini ta'minladi.

Bundan Ukrainaning Alohida qurol turlarini xalqaro topshiruvlari to‘g‘risidagi eksport nazorati Davlat xizmatining 2017 yil yakunlari bo‘yicha hisobotidagi ma'lumotlar darak beryapti.

«2017 yilda Ukrainada Tailandga 16ta «Oplot» BM tanklarini eksport qildi. Shuningdek, 17 mingdan ortiq o‘q otar qurol, 800 dan ortiq yengil turdagi qurol-yarog‘ AQSh, O‘zbekiston, Iordaniya, Mo‘g‘uliston va Turkiyaga eksport qilindi», - deyiladi hisobotda. 

Xabar qilinishicha, 2017 yilda Ukrainaning o‘q otar va yengil turdagi qurolining asosiy importchisiga AQSh aylandi. Ushbu davlat 15040ta avtomat va pistolet-pulemyot, 790ta tanklarga qarshi olib o‘tiluvchi vintovka (soyli miltiq) va granatomyot (granata otadigan qurol)ni sotib oldi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston 2000ta avtomat va pistolet-pulemyot xarid qilgan.

Shuningdek, Iordaniyaga 22ta tanklarga qarshi olib o‘tiluvchi vintovka (soyli miltiq) va granatomyot, 2ta stanokli granatomyot va 1ta revolver (avtomat), Mo‘g‘ulistonga - 10ta vintovka (karabin), Turkiyaga - 3ta olib o‘tiluvchi zenit raketa majmuasining uchirish mexanizmlari yetkazib berildi.

Ko‘proq yangiliklar: