O‘zbekiston bo‘ylab tranzit avtotashuvlari uchun yangi yo‘nalishlar ochildi

O‘zbekiston 11:27 / 21.07.2018 13200

Vazirlar Mahkamasining 30.06.2018 yildagi 492-son qarori bilan Xorijiy avtotashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tranzit harakat qilishi uchun mo‘ljallangan yo‘nalishlar ro‘yxatiga tuzatishlar kiritildi.
 
Norma’ning yozishicha, natijada ilgari mavjud bo‘lgan 8 ta yo‘nalishga o‘zgartirishlar kiritildi. Shuningdek ro‘yxatga xuddi shuncha yangi yo‘nalish kiritildi: Turkmaniston (№№ 45,46,47), Afg‘oniston (№№ 48,49), Tojikiston (№ 50) va Qirg‘iziston (№№ 51,52) chegaralari orqali. Shu tariqa, xorijiy tashuvchilar O‘zbekiston bo‘ylab tranzit harakat qilishi uchun endi 52 ta yo‘nalish ochiq.  
 
Eslatib o‘tamiz, ilgari xorijiy tashuvchilar avtotransportining mamlakatimiz hududida harakatlanish yo‘nalishini o‘zgartirishiga faqat DBQ boshqarmalarining ruxsatnomalariga binoan yo‘l qo‘yilar edi. Xalqaro avtomobil tashuvlari sohasidagi hukumatlararo bitimlar doirasida harakatlanish yo‘nalishlariga rioya etilishi lozim.
 
Yo‘nalishga rioya etish – mamlakat bo‘ylab tranzit harakat qilayotgan xorijiy avtotashuvchilarga qo‘yiladigan yagona talab emas. O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan avtotransport vositalarini olib kirganlik va u orqali tranzit qilish uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar, og‘ir yukli va katta hajmli transportning yurishi uchun esa tariflar bo‘yicha to‘lov undiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: