Ukrainada O‘zbekistonga shakar eksporti ortdi

Iqtisodiyot 15:43 / 21.07.2018 10680

Ukraina 2018 yil iyunida 67,6 ming tonna shakar eksport qildi, eng katta yetkazib berishlar O‘zbekistonga amalga oshirildi.

Joriy yilning iyun oyida Ukraina 67,6 ming tonna shakar eksport qildi, bu may oyiga nisbatan 25 foizga ko‘pdir. Bundan «Ukrtsukor» uyushmasining ma'lumotlari darak bermoqda.

«Iyun oyida shakar, asosan, O‘zbekiston (51%) va Liviyaga (35%) yetkazib berildi. Bundan tashqari, Ozarboyjonga 5%, Armaniston va Gruziyaga 3%dan kamroq miqdorda shakar jo‘natildi», - deydi assotsiatsiyaning tahliliy bo‘limi rahbari Ruslana Butilo. 

Biroq, joriy marketing yilining o‘n oyi davomida Ukraina ishlab chiqaruvchilari 501 ming tonna shakarni eksport qildilar, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32 foizga kam. Ukraina Buyuk Britaniyaga shakar eksportini oshirgan.

Ko‘proq yangiliklar: