To‘siqlar bilan 3 ming metrga yugurish bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi

Sport 08:11 / 21.07.2018 8943

Yengil atletika bo‘yicha Brilliant ligasining Monakoda o‘tayotgan bosqichida ayollar o‘rtasida to‘siqlar bilan 3 ming metrga yugurish bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi. Uning muallifi keniyalik yuguruvchi Beatris Chepkoyech bo‘ldi. Ayol sportchi masofani 8 daqiqa 44,32 soniyada yugurib o‘tdi.

Chepkoyech 2016 yilda o‘rnatilgan avvalgi rekordni yangilay oldi. O‘shanda Parijdagi musobaqalarda bahraynlik Rut Jabat ushbu masofani 8 daqiqa 52,78 soniyada bosib o‘tgan.

Chepkoyechning avval bu masofada erishgan eng yaxshi natijalari 2016 yilgi Olimpiada va 2017 yilgi jahon chempionatidagi 4-o‘rinlar bo‘lgan.  

Ko‘proq yangiliklar: