Tashqi ishlar vazirligida lavozim tayinlovi amalga oshirildi

O‘zbekiston 13:20 / 21.07.2018 9572

Tashqi ishlar vazirligi Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasining Hukumatlararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi.

TIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, bu lavozimni Kamol Muxtarov egalladi. 

U bundan avval O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimida ishlagan.

Ko‘proq yangiliklar: