Samarqand viloyatida kichik sanoat zonalari tarkibi kengaytiriladi

O‘zbekiston 12:58 / 21.07.2018 4629

“Samarqand viloyatida kichik sanoat zonalarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, jami 62,45 ga hudud Samarqand viloyat kichik sanoat zonalari tarkibiga qo‘shimcha ravishda kiritildi.

Shuningdek, qaror bilan kichik sanoat zonalarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklash ishlarining manzilli ro‘yxati tasdiqlandi. Unga ko‘ra, manzilli ro‘yxatda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun umumiy qiymati 8 621,0 million so‘m miqdoridagi mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 16 martda prezident qaroriga asosan Samarqand viloyatining 14 ta tuman (shahar)larida jami 53,1 gektar maydonda kichik sanoat zonalari (KSZ) tashkil etilgan edi.

KSZ hududidagi davlat ko‘chmas mulki tadbirkorlik sub'yektlariga biznes rejalarini bajarish, ish o‘rinlarini yaratish va saqlash, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan xolda 10 yillik uzoq muddatli ijaraga beriladi.

Ko‘proq yangiliklar: