Nurmagomedov MBAga o‘tib ketish bilan tahdid qildi

Sport 09:35 / 21.07.2018 15897

Rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov UFC’da navbatdagi raqibga tezroq ega bo‘lishni istayotgani haqida aytdi. 

Sportchi bo‘lajak raqibini aniqlash bo‘yicha ishlar cho‘zilib ketsa, Milliy basketbol assotsiatsiyasiga o‘tib ketish bilan ham tahdid qilgan.

«UFC, menga tezroq raqib beringlar, yoki men MBAga o‘tib ketaman!» - deya yozgan Nurmagomedov instagramdagi o‘z sahifasida. Shuningdek, u basketbol o‘ynayotgani tasvirlangan videoni ham e'lon qildi.

Rossiyalik sportchi o‘zining so‘nggi jangini 7 aprel kuni o‘tkazib, El Yakvintani taslim etdi va tashkilot chempioni nomini qo‘lga kiritdi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedov Makgregorga noodatiy tarzda javob qaytargandi

Ko‘proq yangiliklar: