Madaniyat va aholi dam olish markazlari “madaniyat markazi” sifatida nomlanadi

O‘zbekiston 15:17 / 21.07.2018 4861

Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida “Madaniyat va aholi dam olish markazlari faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 iyundagi 469-f-sonli farmoyishi bilan tashkil etilgan Madaniyat va aholi dam olish markazlarini o‘rganish va ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha respublika ishchi guruhining:

madaniyat va aholi dam olish markazlarini “madaniyat markazi” sifatida nomlash va qayta tashkil etish;
Madaniyat vazirligida “Madaniyat markazlari va istirohat bog‘larini rivojlantirish boshqarmasi” hamda “Havaskorlik san'ati va nomoddiy madaniy merosni rivojlantirish” sho‘'basini tashkil etish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari tasarrufida yuridik maqomga ega bo‘lgan Madaniyat muassasalariga metodik ko‘maklashish va nomoddiy madaniy merosni rivojlantirish metodik markazlarini tashkil etish;
rivojlangan mamlakatlarda 15 aprel Xalqaro madaniyat kuni sifatida nishonlanishini inobatga olgan holda ushbu sanani “Madaniyat xodimlari kuni” deb e'lon qilish hamda keng nishonlash haqidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.

Quyidagilar:
Madaniyat markazlari faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;
2018-2023 yillarda yangidan quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va kapital ta'mirlanadigan hamda jihozlanadigan madaniyat markazlarining asosiy ko‘rsatgichlari;
Madaniyat markazlari faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi;
yangidan qurilgan, rekonstruksiya qilingan va kapital ta'mirlangan madaniyat markazlarini qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limi va Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazining tuzilmalari tasdiqlanadi.

Respublika komissiyasi (A.Aripov):

madaniyat markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash 
va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2018-2023 yillarga mo‘ljallangan manzilli dasturning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring olib boradi;
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning bajarilishiga mas'ul bo‘lgan vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlashtirib, belgilangan tadbirlarning to‘liq va sifatli bajarilishi ustidan monitoring olib boradi va nazorat qiladi;
Vazirlar Mahkamasining chorak yakunlari majlislarida Davlat dasturining amalga oshirilishi natijalarini muhokama qilib boradi.

Quyidagilar Dasturni amalga oshirishning moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:

Madaniyat markazlari binolarini yangi qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlash va jihozlash ishlari bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti va investitsiya mablag‘lari;
Tuman (shahar) madaniyat bo‘limi va madaniyat markazlari uchun – “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan ishlab chiqilgan “Damas” va “Avtoklub” uchun mo‘ljallangan maxsus transportlarni xarid etish bo‘yicha – mahalliy byudjyet mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar;
jismoniy va yuridik shaxslarining homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Ko‘proq yangiliklar: