Kelasi yildan barcha OTMlarga hujjatlarni onlayn topshirish mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston 19:51 / 21.07.2018 7402

2019 yildan boshlab O‘zbekistondagi barcha oliy ta'lim muassasalariga masofadan turib, onlayn tarzda hujjat topshirish imkoniyati yaratiladi. Bu haqda oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov bugun bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klub sessiyasida ma'lum qildi.

«Ushbu tajribani joriy yil Toshkent davlat yuridik universiteti qabul jarayonida sinab ko‘rdik. Bunga texnik imkoniyatlarimiz yetdi. Demak, ishonch bilan ayta olaman, kelasi yildan barcha universitetlarda onlayn qabul bo‘ladi», - deb aytdi Majidov.

Eslatib o‘tamiz, Kun.uz OTMlarga qabul masalasida oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri va DTM direktori bilan batafsil suhbatlar uyushtirgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: