Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari qanday holatlarda olib qo‘yilishi mumkin?

O‘zbekiston 14:53 / 21.07.2018 12937

Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasida investitsion muhitni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasi e'lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, 2018 yil 1 avgustdan shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:

vijdonan harakat qilgan investor va tadbirkorlik sub'yektiga davlat organi (mansabdor shaxs) tomonidan ularga nisbatan qabul qilingan ma'muriy hujjatning qonuniy kuchiga ishonish sababli kelib chiqqan mulkiy zararning o‘rni qoplanadi, agarda ushbu hujjatning qonuniy kuchiga ishonib mol-mulkdan foydalangan, bitim tuzgan yoki belgilangan naf va imtiyozlardan boshqacha tarzda foydalangan bo‘lsa;
davlat organi (mansabdor shaxs)ning ma'muriy hujjatini bekor qilish yoki o‘zgartirish masalasi , agarda bu vijdonan harakat qilgan investor va tadbirkorlik sub'yektining qonuniy manfaatlariga aloqador bo‘lsa, sud tartibida ko‘rib chiqiladi, bundan uning saqlab qolinishi jamoat manfaatlariga tahdid solayotgan hollar mustasno.

2018 yil 1 sentabrdan boshlab:

davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish haqidagi qaror faqat yer uchastkalari olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan manfaatdor shaxslar bilan ochiq muhokamani o‘tkazishdan, shuningdek foyda va xarajatlar baholangandan keyingina yo‘l qo‘yiladi;
olib qo‘yilayotgan yer uchastkalarida joylashgan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan turar-joy, ishlab chiqarish xonalari va boshqa imoratlar va inshootlarning buzilishiga ko‘chmas mulkning bozor qiymatini va olib qo‘yish oqibatida mulkdorlarga yetkazilgan zararlarning o‘rni to‘liq qoplangandan keyin yo‘l qo‘yiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organi (mansabdor shaxs)ning qonunga xilof ma'muriy hujjatni chiqarishi natijasida yetkazilgan zarari davlat tomonidan, birinchi navbatda tegishli organlarning byudjyetdan tashqari mablag‘lari evaziga, qoplanadi;
insofli egallovchini himoya qilish prinsipi joriy etiladi, unga muvofiq insofli harakat qilgan shaxsdan mulkni talab qilib olish, agar ushbu shaxs mulkni haq evaziga, amaldagi qonunchilikka rioya qilgan holda bitimni haqiqiy emaslik oqibatlarini qo‘llamagan holda olgan bo‘lsa, taqiqlanadi.

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish faqat quyidagi maqsadlarda yo‘l qo‘yiladi:

yerlarni mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari uchun, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishi uchun ajratishda;
xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish zaruriyatida;
foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarishda;
avtomobil va temir yo‘llari, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya obektlari va aviatexnik markazlar, temiryo‘l transporti obektlari, ko‘priklar, metropolitenlar, tonnellar, energetika tizimi obektlari va elektruzatish tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat obektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya) qilishda;
aholi punktlarining bosh rejalarini ijro etishning O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan quriladigan obektlarga, shuningdek, qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan boshqa hollarda.

2018 yil 1 oktabrdan boshlab investitsiyaviy faoliyatni amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratishning quyidagi yangi mexanizmlari joriy etiladi:

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasini 50 yilgacha uzoq muddatli ijaraga berish, lekin investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun arizada ko‘rsatilgan muddatdan kam bo‘lmagan muddatda;
ko‘chmas mulk obektlarini (mehmonxonalar, savdo obektlari, madaniy-ko‘ngilochar komplekslar, maishiy xizmat ko‘rsatish obektlari, ta'lim muassasalarini qurish, tibbiy tashkilotlar, yo‘l infrastrukturasi va b.) qurish uchun yer uchastkalaridan doimiy egalik qilish huquqini sotish.

Quyidagilarga:

tuman (shahar) hokimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasini chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga 50 yilgacha bo‘lgan muddatda uzoq muddatli ijaraga, lekin investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun arizada ko‘rsatilgan muddatdan kam bo‘lmagan muddatda berish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga, qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida, chet el investitsiyalari ulushi 10 mln AQSh dollaridan oshmaydigan investitsion loyihalarni amalga oshirish doirasida chet el investorlari bilan investitsion shartnomalarni tuzish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga investitsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida foydalanilmayotgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 iyundagi PQ–3067-son “Davlat mulki obektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga 1 va 2-ilovalarida keltirilgan obektlar bundan mustasno), umumiy maydoni 2000 kv.m. dan ortiq lekin 5000 kv.m. dan ko‘p bo‘lmagan, davlat mulki obektlarini sotish haqida qaror qabul qilish huquqi beriladi.

Ko‘proq yangiliklar: