AQShda katta Jorj Bushning kardiologi otib o‘ldirildi

Foto: DAVID J. PHILLIP/Associated Press
AQShning Texas shtati Hyuston shahrida noma'lum shaxs sobiq prezident katta Jorj Bushning kardiologini otib o‘ldirdi. Bu haqda KHOU11 xabar bermoqda.
Hodisa Texas tibbiyot markaziga yaqin joyda yuz bergan. Qurbon va qotil bir-biriga qarab velosipedda harakatlangan. Ular tenglashib olganida, hujum qilgan shaxs ikki marta o‘q uzdi. Shifokor Mark Xausnext olingan jarohatlar sabab hayotdan ko‘z yumdi.
Qotil qidiruvga berildi, u oq tanli yoki lotin amerikalik 30 yoshlardagi erkak bo‘lib, quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynaklar va beysbol kepkasida bo‘lgan.
Sobiq prezident vakillari halok bo‘lgan shifokorning oilasi, hamkasblari va do‘stlariga ta'ziya bildirishdi.
Mavzuga oid

11:02
AQSh Ta’lim vazirligi xodimlarining deyarli yarmini qisqartiradi

08:30
AQSh Ukrainaga yordam taqdim etishni tikladi

18:09 / 11.03.2025
Trampni qo‘llab-quvvatlagan biznes elita milliardlab dollar yo‘qotdi

17:26 / 11.03.2025