Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston 13:22 / 21.07.2018 4051

2018 yilning 21 iyul kuni Issiqko‘lda o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari yig‘ilishida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Yerlan Abdildayev bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bergan.

Turli darajadagi doimiy O‘zbekiston-Qirg‘iziston maslahatlashuvlarining davomi sifatida tashqi siyosat idoralari rahbarlari asosiy e'tiborni O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlarining uchrashuvlari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, jumladan davlatlararo chegarani delimitatsiya qilish va o‘tish punktlariga oid masalalarga qaratdi.

Vazirlar o‘z ishini boshlayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari TIV rahbarlarining uchrashuvi masalalari, mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb jabhalari bo‘yicha fikr almashdilar.

Ko‘proq yangiliklar: