Guruch yil boshidan beri 36 foizga qimmatlashdi. Hukumat bu muammoni import orqali hal qiladi

Iqtisodiyot 15:39 / 20.07.2018 18942

Joriy yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonda guruch narxi 36,5 foizga oshdi. Bu eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri, masalan, mol go‘shti 17,6%, baliq 24%, sut 6%ga qimmatlashdi. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda inflyatsiya darajasi 6,2%ni tashkil etdi (yanvar - 2,7%, fevral - 1,1%, mart - 1,1%, aprel - 0,9%, may - 0,8%, iyun - (-0,4%).

Tovar guruhlari kesimida oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha inflyatsiya darajasi 4,7%ni, nooziq-ovqat tovarlari bo‘yicha 6,7%ni va xizmatlarda 8,0%ni tashkil etdi.

Iqtisodiyot vazirligi xabariga ko‘ra, joriy yilning uchinchi choragida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan, inflyatsiya darajasini bosib turish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Reja doirasida ichki bozorni asosiy iste'mol tovarlari, jumladan import hisobidan to‘ldirish nazarda tutilmoqda. Xususan, sentabrgacha xorijdan 29,4 ming tonna guruch sotib olish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, rejada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini qayta ekish, fermer va dehqon xo‘jaliklarini urug‘liklar, zarur mineral o‘g‘itlarni o‘z vaqtida ta'minlash kabi choralar ko‘rsatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: