2019 yilda «Lukoyl» O‘zbekistonda gaz qazib chiqarish hajmini 19 mlrd kub metrgacha yetkazishni mo‘ljallamoqda, dedi «Lukoyl» rahbari Vagit Alekperov Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashuvda.
«Biz birinchi yarim yillikda O‘zbekiston hududida (Qandim) yetakchi gaz konini ishga tushirdik. Bugungi kunda kompaniya O‘zbekistondagi eng yirik investor hisoblanadi. Kelgusi yilda 19 mlrd kub metr gaz ishlab chiqaramiz», – dedi u.
Xabar qilinishicha, 2017 yilda «Lukoyl» O‘zbekistonda 9,09 mlrd kub metr gaz qazib olgan. 2018 yilda bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgiga qaraganda 60%dan ortiqroqqa o‘sishi va 14,6 mlrd kub metrni tashkil etishi mumkin.