JCh-2018 finalini rekord sondagi tomoshabin kuzatgani ma'lum qilindi

Foto: Sputnik
Rossiyada o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionati final uchrashuvini rekord sondagi tomoshabin tomosha qilgan. Bu haqda FIFA matbuot xizmati ma'lum qildi.
Final uchrashuvi Fransiyaning Xorvatiya ustidan 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.
Fransiyada finalni ko‘rgan odamlar 20,35 mln kishini tashkil qilgan, bu qiymat chempionlarni mukofotlash marosimi vaqtida 22,21 mln kishiga yetgan. Bu Fransiyadagi teleauditoriyaning 33,2 foizi demakdir.
Xorvatiyada uchrashuvni 1,538 mln (umumiy tomoshabinlarning 39,2 foizi) tomoshabin kuzatgan. Xorvatiya va Angliya o‘rtasidagi yarimfinal uchrashuvini yanada ko‘proq odam – 1,542 mln tomoshabin ko‘rgan.
Rossiyada finalni 16,2 foiz auditoriya yoki 20,81 mln kishi ko‘rgan. AQShda uchrashuvni 16,01 mln kishi (5,2 foiz), Braziliyada 40,45 mln kishi (19,1 foiz) va Germaniyada 21,32 mln kishi (28,2 foiz) tomosha qilgan.
Mavzuga oid

21:58 / 17.12.2022
Xorvatiya Marokashni mag‘lub etib, bronzaga ega chiqdi

02:01 / 15.12.2022
JCh-2022. Fransiya Marokashni mag‘lub etib, ikkinchi finalchiga aylandi

02:03 / 14.12.2022
JCh-2022. Argentina Xorvatiyani yirik hisobda yengib finalga yo‘l oldi, Messida gol+assist, Alvaresda dubl

02:08 / 11.12.2022