«Uchrashuv boks jangi ko‘rmoqchi bo‘lganlarga yoqmadi» - Tramp tanqidlarga javob berdi

Jahon 15:30 / 18.07.2018 25725

AQSh prezidenti Donald Tramp Xelsinkida bo‘lib o‘tgan Vladimir Putin bilan uchrashuvdan keyin keskin tanqidlar ostida qolib ketdi. Ko‘plab amerikaliklar uni mamlakatni sotganlikda ayblashmoqda. Prezident o‘zining tvitterdagi sahifasida bu tanqidlarga javob berdi.

«Yuqori mansabdagi ko‘pchilik insonlar mening Xelsinkidagi chiqishimni yaxshi baholashdi. Putin bilan ko‘plab muhim mavzular bo‘yicha gaplashib oldik. Ba'zilar uchrashuv boks jangiga aylanib ketishini kutgandi va ularga mening chiqishim yoqmadi, biroq yaqin kelajakda bu uchrashuv o‘z samarasini berishni boshlaydi.

Bryusselda o‘tgan NATO yig‘ilishida a'zo davlatlardan tushadigan mablag‘larning keskin oshirilishiga erishganimiz ham ajoyib natija bo‘ldi. Lekin Rossiya tomoni bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv bundan ham kattaroq natija berishini kutyapman. Bu uchrashuv bizga hali ko‘p yaxshi narsalarni olib keladi.

Rossiya Shimoliy Koreya masalasida biz bilan hamfikr ekanini ma'lum qildi va bu borada bizga yordam berishga rozi bo‘ldi. Biroq bu biz sanksiyalarni olib tashlaymiz degani emas. Biz ko‘zlayotgan jarayon oxir-oqibat Shimoliy Koreya uchun juda foydali bo‘ladi»,- deb yozadi Tramp.

Ko‘proq yangiliklar: