Finlyandiya prezidenti operatsiya qilindi 

Jahon 07:20 / 18.07.2018 15029

Finlyandiya prezidenti Sauli Niiniste AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putinning Xelsinkidagi uchrashuvining ertasiga 17 iyulda kichik jarrohlik operatsiyasini boshdan o‘tkazdi. Ta'kidlanishicha, Niinistening tiklanishiga bir haftacha vaqt ketadi.

“Tiklanish bir haftacha vaqt olishi kutilmoqda. U bu vaqt ichida o‘z majburiyatlarini bajara oladi, biroq sayohat qila olmaydi”, deb aytilgan xabarda.

Ma'lum qilinishicha, operatsiyani o‘tkazish may oyidan rejalashtirib kelingan. Niiniste qanday operatsiyani boshdan o‘tkazgani ma'lum qilinmagan.

Ko‘proq yangiliklar: