Boliviya prezidenti Trampni «insoniyat dushmani» deb atadi

Jahon 08:00 / 18.07.2018 16609

Boliviya prezidenti Evo Morales AQSh prezidenti Donald Trampni “insoniyat dushmani” deb atadi. U Trampga bunday “bahoni” Kuba poytaxti Gavanada o‘tyotgan San-Paulu anjumanida berdi. Ushbu anjumanda Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlarining so‘l partiyalari va tashkilotlarining 600 dan ko‘proq vakili ishtirok etmoqda.

“Ayni vaqtda AQSh prezidenti Donald Tramp dushman hisoblanadi, Insoniyat dushmani, butun sayyoramiz dushmani”, deb aytgan Morales.

Boliviya prezidenti, shuningdek, Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastroning “aksilimperialistik g‘oyalari” hozirda har qachongidan dolzarbroqligini qo‘shimcha qilgan. Gavanadagi anjuman aynan Kastro xotirasiga bag‘ishlangan.

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ham Vashingtonning siyosatini keskin tanqid qilgan. “Biz Tramp ma'muriyatining aqlsiz rejalariga va harbiy okkupatsiya tahdidlariga qarshi turishga majburmiz. Biroq biz imperiya tomonidan solinuvchi hech qanday tahdiddan ko‘rqmaymiz”, deb aytgan Maduro.  

Uning aytishicha, AQSh Venesuelaning tabiiy zaxiralarini qo‘lga kiritish maqsadida unga qarshi “nokonventsional urush” olib bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: