Amerikaliklarning uchdan biri Rossiyani dushman deb hisoblaydi

Jahon 10:10 / 18.07.2018 19742

Amerikaliklarning yarmidan ortig‘i AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiyaga nisbatan siyosatini ma'qullamaydi, deb xabar berdi Reuters agentligi Ipsos tadqiqot xizmati bilan birgalikda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga asoslanib.

Mingga yaqin kishi ishtirok etgan so‘rov Xelsinkida Donald Trampning Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan so‘ng o‘tkazildi.

So‘ralganlarning 55 foizi Amerika prezidentining Rossiyaga nisbatan siyosatini ma'qullamaydi. 37 foiz qatnashchi esa aksincha fikrda. Ma'qullaganlarning 71 foizi respublikachilar va 14 foizi demokratlar.

Trampning Xelsinkidagi sammitda qilgan chiqishi uning ommaboplik reytingiga ta'sir ko‘rsatmadi — so‘rovda qatnashganlarning 42 foizi prezident ishini qo‘llab-quvvatlaydi.  

38 foiz respondentlar Rossiya AQShning dushmani ekanligini ta'kidlagan bo‘lsa, so‘rovda qatnashganlarning yana shunchasi uni raqib, 8 foizi esa do‘st deb atagan.

Ko‘proq yangiliklar: