Joriy yil Toshkent davlat yuridik universitetiga qancha abituriyent hujjat topshirgani aytildi

O‘zbekiston 13:10 / 17.07.2018 14048

Joriy yilning 15 iyunidan 15 iyul kuniga qadar davom etgan abituriyentlarning Oliy ta'lim muassasalariga hujjatlarni topshirish jarayoni o‘z nihoyasiga yetdi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi KUN.UZ’ga ma'lum qilmoqda.  

2018/2019 o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga hujjatlar sinov tariqasida Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilingan. Bunda abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida bir qator hujjatlar qisqartirildi va atigi 2 ta hujjat pasport va o‘rta yoki o‘rta maxsus ta'limni tasdiqlovchi hujjat talab etildi.

Mazkur qulayliklardan foydalangan 7050 kishi Toshkent davlat yuridik universitetiga hujjat topshirdi.

O‘zining samarasi va fuqarolarning mamnuniyatiga sabab bo‘lgan bu qulaylik 2019 yilda barcha oliy ta'lim muassasalariga nisbatan qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: