Janubiy Koreyada harbiy vertolyot qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi 

Jahon 20:30 / 17.07.2018 3732

Janubiy Koreyadagi harbiy aeroportda dengiz piyoda qo‘shinlarining vertolyoti halokatga uchradi. Vertolyot bortida 6 kishi bo‘lgan, ulardan 5 nafari halok bo‘lgan, bir nafari tirik qolgan.

Aviahalokat Pxoxan shahrida yuz bergan. Vertolyot ta'mirlashdan keyingi sinov parvozi vaqtida 10 metrlik balandlikdan qulab, yonib ketgan. Halokat sabablari aniqlashtirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: