O‘zbekistonning investitsion jozibadorligini oshirish dasturi ishlab chiqildi

O‘zbekiston 11:20 / 17.07.2018 6084

Mamlakatda investitsion muhitni yanada yaxshilash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish, mazkur yo‘nalishda davlat siyosatining izchilligiga investorlarning ishonchini mustahkamlash maqsadida Adliya vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda investitsion muhitni tubdan yaxshilashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasini tayyorladi.

Vazirlik axborotida aytilishicha, loyihada investor va tadbirkorlik sub'yektlarini davlat organining noqonuniy ma'muriy aktlaridan himoyalash mexanizmlari o‘rnatilmoqda.

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yishda qonuniylik va aniqlikni ta'minlash maqsadida, loyihada yer uchastkalarini olib qo‘yishning aniq holatlari belgilanmoqda. 

Turar joy va ishlab chiqarish obektlarini buzish faqat ko‘chmas mulkning bozor qiymati va mulkdorga yetkaziladigan zararning o‘rni qoplangandan keyin amalga oshirilishi qayd etilmoqda.

Shu bilan birga, investitsiyaviy faoliyatni amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berishning yangi mexanizmlari ishlab chiqilgan, xususan, yer uchastkalarini 50 yilgacha uzoq muddatli ijaraga berish tartibi joriy etilmoqda.

Investitsiyaviy faoliyat sohasida taklif etilayotgan yangi tartiblar haqida batafsil https://regulation.gov.uz/ru/documents/2820 havolasi orqali tanishishingiz  va o‘z fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: