O‘zbekistonga katta investitsiya kiritgan xorijliklar «Faxriy fuqaro» unvonini olishi mumkin

O‘zbekiston 10:50 / 17.07.2018 8585

Bugundan «O‘zbekiston Respublikasida investitsion muhitni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Adliya vazirligi tomonidan Bosh prokuratura bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasiga kamida 200 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga soddalashtirilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilish uchun yashash guvohnomasini va ko‘p martalik vizalarni olishning yangi mexanizmlari taklif etilmoqda.

Shuningdek, mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlariga katta miqdorda investitsiya kiritgan chet el fuqarolariga «Faxriy fuqaro» unvonini berish masalasi ko‘rib chiqiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: