«Urganch» xalqaro aeroportining yopilishi sababi ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston 10:50 / 17.07.2018 33958

«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK matbuot xizmati 16 iyul kuni «Urganch» xalqaro aeroporti texnik sabablar va issiq ob-havo tufayli vaqtincha yopilgani haqida xabar bergan edi.

«Kun.uz» manbasining ma'lumotiga ko‘ra, aeroportning yopilishiga uchish-qo‘nish yo‘lagining ishdan chiqishi sabab bo‘lgan. 

Xususan, «Turk havo yo‘llari» samolyotining Urganchdan uchib ketish chog‘ida, ob-havo haroratning juda balandligi sababli, uchish-qo‘nish yo‘lagiga zarar yetkazilgan, uning ba'zi joylarida asfalt erib ketgan.  

Hozirgi paytda «Urganch» aeroportiga amalga oshiriladigan reyslar «Nukus» va «Buxoro» aeroportlariga ko‘chirilgan. Aeroport faoliyati texnik ishlar yakunlangach, taxminan 1 haftadan keyin qayta tiklanishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: