Shimoliy Koreya AQShga yana 55 amerikalik harbiy hokini qaytaradi

Jahon 20:20 / 17.07.2018 12344

Shimoliy Koreya hukumati AQShga 1950-1953 yillardagi Koreya urushida halok bo‘lgan 55 amerikalik harbiy hokini qaytaradi.

Tomonlar bunga Pxanmunjom aholi punktidagi muzokaralarda kelishib olishgan. Jasadlar 27 iyulda olinib, Janubiy Koreyadagi yoki Gavayidagi bazaga yetkazilishi kerak.

Iyunda AQSh prezidenti Donald Tramp Pxenyan AQShga 200 amerikalik askar jasadini qaytib berganini ma'lum qilgandi.

Koreya yarimorolidagi urushda 36 mingdan ko‘proq amerikalik harbiy halok bo‘lgan, 7,7 mingi bedarak yo‘qolgan hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: