Samarqandga dronlarni yashirincha olib kirmoqchi bo‘lishdi

O‘zbekiston 18:40 / 17.07.2018 12514

“Samarqand aeroport” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Sankt-Peterburg-Samarqand” yo‘nalishida Samarqand shahriga uchib kelgan fuqaro T.L. “yashil” yo‘lakni tanlab bojxona nazoratidan o‘tayotgan vaqtda unga tegishli bo‘lgan bagaj va qo‘l yuklari sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirilganda qonunbuzarlik holati aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu shaxs Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan kvadrokopter SYMA X8SW DRONE nomli ikki dona uchuvchisiz uchish apparatini yashirin ravishda O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘lgan ekan.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Mazkur uchish apparatlarining texnik tasnifi o‘rganilganda samoda 70 metr balandlikka ko‘tarilib tasvirga olishi, Wi-Fi orqali smartfonlarga tasvirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish imkoniyati mavjudligi ma'lum bo‘ldi.    

Hozirda aniqlangan holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: