Samarqandda har juma tadbirkorlarga ataldi. Shu kuni viloyat hokimi bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi

O‘zbekiston 13:30 / 17.07.2018 10655

Tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan duch kelinayotgan muammolar va turli to‘siqlarni tezkorlik bilan hal etish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Samarqand viloyatida «Juma — tadbirkorlar kuni», deb e'lon qilindi.

Bu haqda Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasiga asoslanib, viloyat hokimligining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Endi tadbirkorlik sub'yektlari har xil sabablar bilan yechilmay kelayotgan muammo va masalalar bo‘yicha savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasiga (Manzil: Samarqand shahar Alisher Navoiy ko‘chasi, 58-uy) murojaat qilishlari mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun payshanba kuni soat 17:00ga qadar boshqarmaning (0366) 210-11-01, 210-11-02, 233-04-00 raqamli telefonlariga yoki sn@chamber.uz elektron pochta, +99891-524-16-16 raqamdagi Telegram messenjeri orqali sutkaning istalgan paytida muammoli masalalar bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin.

Hal etilmagan har qanday muammoli masalalar bo‘yicha viloyat hokimi v.b. Erkinjon Turdimov juma kunlari uchrashuv o‘tkazib boradi.

Uchrashuvlarning joyi va vaqti qo‘shimcha ravishda e'lon qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: