Rossiyaliklar Makedoniyadagi tartibsizliklarga moliyaviy ko‘mak bergan

Jahon 16:30 / 17.07.2018 6359

Rossiya bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boruvchi grek tadbirkorlari Makedoniyada norozilik aksiyalari o‘tkazilishiga yordam berishgan. Namoyishlar ishtirokchilarining maqsadi davlat rasmiy nomlanishida Afina bilan tuzilgan kelishuv bitimini bekor qilishdir. Bu haqida Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikni tekshirish departamenti xabar qiladi.

Ma'lumotga ko‘ra, kelib chiqishiga ko‘ra grek bo‘lgan rossiyalik tadbirkor, PAOK futbol klubi prezidenti Ivan Savvidi Makedoniyada namoyishchi guruhlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 300 ming yevro mablag‘ ajratgan. Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasining sobiq deputati bo‘lmish Savvidi noqonuniy ravishda valyutani chegaradan olib o‘tgan hamda bu mablag‘ siyosatchilar, radikal guruhlar, «Vardar» futbol klubi fanatlari o‘rtasida taqsimlangan.

Makedoniya bosh vaziri Zoran Zayev jurnalistlarga ma'lum qilishicha, Skopedagi tartibsizliklardan keyin «Vardar» fanatlari politsiyaga ko‘rsatma berishganini va unda rossiyalik tadbirkorlarning pullari evaziga qatnashganliklarini tan olgan.

17 iyun kuni Makedoniya va Gretsiya yangi konstitutsion nom – Shimoliy Makedoniya Respublikasi deb atash to‘g‘risida yangi kelishuvga erishdi. Bitim Skopega NATO va YeI kabi xalqaro tashkilotlar tarkibiga kirish imkoniyatini yaratib beradi. Rossiya odatdagidayek NATO tarkibi kengayishiga qarshi, chunki bu milliy xavfsizlikka tahdid soladi.

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg va bosh vazir Zoran Zayev 12 iyulda Bryusselda mmlakatning ittifoqqa qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralarning boshlanishi to‘g‘risidagi hujjatga qo‘l qo‘yishdi. Yaqin hafta ichida ikki nafar rus diplomati Gretsiyaga chiqarib yuborilishi ma'lum bo‘lgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: