Putin Trampga JCh-2018 to‘pini sovg‘a qildi

Jahon 01:00 / 17.07.2018 31224

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Trampga JCh-2018’ning rasmiy to‘pini sovg‘a qildi. 

“Janob prezident hozirgina biz futbol bo‘yicha jahon chempionatini muvaffaqiyatli o‘tkazganimizni aytdi. Shunga janob prezidentga shu to‘pni sovg‘a qilmoqchiman, endi to‘p u tomonda”, deb aytgan Putin Trampga to‘pni sovg‘a qilayotib.

Putin shu tariqa AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning gapiga kinoya qilgan. Pompeo avvalroq bergan bayonotlaridan birida Suriyani tartibga solish masalasida “to‘p Rossiya tomonida ekanini” aytgandi.

Respublikachilar partiyasining AQSh senatidagi a'zolari Trampni Putinga “bo‘ysunishda” ayblashgan.  

Respublikachi-senatorlardan biri Lindsi Grem Putin sovg‘a qilgan to‘pda “eshitish moslamalari bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rishni” taklif qilgan. Senator “bunday to‘pni hech qachon Oq uyga tushishiga yo‘l qo‘ymagan bo‘lardim” deb aytgan. “Men uning o‘rnida (Tramp)  bo‘lganimda futbol to‘pini eshituvchi moslamalar bor-yo‘qligiga tekshirib ko‘rgan bo‘lardim”, deb yozgan Grem tvitterda.

Ko‘proq yangiliklar: