Putin Rossiya ramzi bo‘lishni rad etdi

Jahon 10:00 / 17.07.2018 19983

Vladimir Putin o‘zini Rossiya ramzi deb hisoblamaydi. Bu holda, prezidentlik instituti uning uchun bayroq yoki madhiya singari mamlakat ramzi hisoblanishini qayd etgan.

«Men Rossiyaning ramzi bo‘lishga urinayotganim yo‘q», — degan u AQSh yetakchisi Donald Tramp bilan to‘liq formatli uchrashuvidan so‘ng Amerikaning Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

Rossiya davlat rahbari o‘zining ishi «Rossiya nima bilan mashg‘ul ekanligi, nimalardan tashvish tortishi, barcha davlatlar bilan munosabatlarni me'yoriga keltirish uchun nimalarga qo‘l urishga tayyor ekanligini akslantirishi»dan umidvor ekanligini aytib o‘tgan.

U bunday davlatlar sirasiga Amerika Qo‘shma Shtatlarini ham kiritgan va uni buyuk davlat deb atagan.

Fox News telekanali Vladimir Putindan Rossiyaning Xelsinkidagi elchixonasida intervyu olgan. Suhbat 35 daqiqa davom etgan.

Ko‘proq yangiliklar: