Nigeriyadagi suv toshqinlari 40 dan ortiq odamning yostig‘ini quritdi

Jahon 09:50 / 17.07.2018 3414

Nigeriya shimolidagi Katsina shtatida ro‘y bergan tabiiy ofat oqibatida kamida 44 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 20 kishi bedarak yo‘qolgan, deb yozmoqda Vanguard nashri shtat gubernatori Aminu Masari bayonotiga asoslangan holda.  

"Suv sathi 10 futga (3 metrdan baland) ko‘tarildi, bu haqiqiy falokatdir", — degan Masari.

Uning o‘zlariga ko‘ra, 500 uy vayron bo‘lgan, minglab odamlar uysiz qolgan. Favqulodda yordam berish agentligi jabrlanganlarga 13ta yuk mashinasida zarur mahsulotlarni yetkazib bergan.

Ko‘proq yangiliklar: