MRBning sobiq rahbari Trampni sotqinlikda aybladi

Jahon 00:30 / 17.07.2018 23763

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq rahbari Jon Brennan AQSh prezidenti Donald Trampni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv yakunlariga ko‘ra bergan matbuot anjumani sababli sotqinlikda aybladi. U bu haqda tvitterda yozgan.  

“Donald Trampning Xelsinkidagi matbuot anjumandagi nutqi “o‘ta og‘ir jinoyatlar va qilmishlar” tushunchasi chegarasidan tashqariga chiqadi. Bu sotqinlikdan boshqa narsa emas. Trampning izohlari bo‘sh bo‘lgani yetmaganday, u to‘liq Putinning cho‘ntagida. Vatanparvar respublikachilar, qayerdasiz?”, deb yozgan Brennan.   

Trampga qarshi pozitsiyani egallashi bilan tanilgan CNN telekanali ham Trampning matbuot anjumandagi nutqini sharmandalik deb atagan. 

“Men ko‘rgan eng sharmandali narsa, bu sammitda AQSh prezidentning Rossiya yetakchisi oldidagi sharmandali nutqi bo‘lsa kerak”, deb aytgan teleboshlovchi.

Telekanaldagi dastur ishtirokchilarini Trampning Rossiyaga AQShdagi saylovlarga aralashuv aybi qo‘yilayotgani bo‘yicha pozitsiyasi achchiqlantirgan. Tramp o‘z nutqida Putin uni Moskvaning bu aralashuvga aloqasi yo‘qligiga ishontirganini aytgan. 

Ko‘proq yangiliklar: