Firibgar aviachipta sotuvchisi qo‘lga olindi

O‘zbekiston 16:40 / 17.07.2018 10552

Buxoro shahar IIBga Buxoro shahridagi “Lochin-ekspress” aviakassasi xodimasi Gulbodom Xalikova ariza bilan murojaat qilib, Mustaqillik ko‘chasi, 28/1-uy, 8-xonada yashovchi, “Abubakr-Siddiq” nomli aviakassada ishlovchi, 1988 yilda tug‘ilgan Gulyamov Ibragim Iskandarovich uning ishonchiga kirib, undan “Toshkent-Istanbul-Toshkent” yo‘nalishida ikki dona jami bahosi 8.640.240 so‘mlik aviachiptalarni pulini keyinroq berish sharti bilan olib, ushbu chiptalarni boshqa shaxslarga sotib, ushbu shaxslardan chipta pullarini to‘liq olgan bo‘lsada, ammo aviachiptalarning pullarini G.A.Xalikovaga bermasdan, o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini bildirgan.

Ushbu ariza yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida Ibragim Gulyamov Gulbodom Xalikova singari ko‘plab fuqarolarni aldab, ularga sotilgan aviachiptalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yubormasdan, pullarini o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborib, firibgarlik jinoyatilarini sodir qilganligi aniqlandi.

Jumladan, I.Gulyamov o‘zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, o‘zi ishlab kelayotgan “Abubakr-Siddiq” nomli aviakassaga aviachipta sotib olish maqsadida kelgan Buxoro tumani, “Kulonxona” MFY, Kulonxona qishlog‘ida yashovchi, Laziz Hojiyevga “Toshkent-Moskva-Kamchatka” yo‘nalishida bir dona aviachipta rasmiylashtirib berib, ushbu aviachipta uchun undan 3.300.000 so‘m pul olgan bo‘lsada, ammo ushbu pullarni aviachiptalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yubormaganligi aniqlangan. 

Bundan tashqari, Buxoro shahar, Chorbakr ko‘chasi, 91-uyda yashovchi Abdulaziz Shokirovga “Toshkent-Novosibirsk-Vladivostok” yo‘nalishida ikki dona aviachipta rasmiylashtirib berib, ushbu aviachipta uchun undan jami 6.997.970 so‘m pullarni olgan bo‘lsada, ammo ushbu pullarni ham aviachiptalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yubormasdan, o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborgani ma'lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan I.Gulyamovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: