Farg‘onada «Yosh tadbirkorlar klubi» tashkil qilindi

Jamiyat 12:00 / 17.07.2018 2369

Farg‘ona viloyat Yoshlar ittifoqi, Farg‘ona viloyat iqtisodiy sudi, viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda “Yosh tadbirkorlar klubi” tashkil qilindi.

Klubning asosiy maqsadi 18 yoshdan 30 yoshgacha tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan, tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan yoshlarni Farg‘ona viloyatida yoshlar biznesini rivojlantirishda amaliy muloqotini hamda takliflarini rivojlantirish, va ularning muammolarini yechimini topishga qaratilgandir.

Ushbu klub a'zolarining bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladigan majlislarida doimiy ravishda viloyat iqtisodiy sudi sudyalari, prokuratura, ichki ishlar, soliq, raqobat boshqarmasi, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi, davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi hududiy boshqarmasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakillari ishtirok etib, yosh tadbirkorlarning faoliyatida huquqiy va iqtisodiy bilimlarini oshirish, tadbirkorlik faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar, takliflarning yechimini topishda amaliy yordam berish yo‘lga qo‘yiladi.

“Yosh tadbirkorlar klubi”ning birinchi yig‘ilishi tadbirkorlik va hunarmandchilik rivojlangan Rishton tumanida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Rishton, Oltiariq, Bog‘dod tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan yosh tadbirkorlar uchun O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi vakillari, viloyat iqtisodiy sudi sudyalari, prokuratura, ichki ishlar, soliq boshqarmasi, Davlat xizmatlari markazi, Markaziy bank vakili O.Yuldashevlar qatnashib, “Yoshlar kelajagimiz davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni asosida kelib chiqadigan vazifalar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslari, uni tashkil etishning tartib qoidalari, shakllari, davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik bilan shug‘ullanishning salbiy oqibatlari, tadbirkorlik faoliyatida shartnomalar tuzish, shartnoma intizomiga rioya etish, shartnoma talablarini bajarmaganlikning huquqiy oqibatlari, to‘lanadigan soliq stavkalari va imtiyozlar, bank operatsiyalarini amalga oshirish tartiblari, imtiyozli kreditlardan foydalanish, bo‘sh turgan binolarni “nol” xarid qiymatida yoki ijara asosida olish, tadbirkor va uning xodimlari o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solish, tadbirkorlik faoliyati davomida firibgarlarga aldanib qolmaslik kabi mavzularda so‘z yuritildi.

Tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yosh tadbirkorlarning savollari, takliflari va muammolari tinglanib, shu joyning o‘zida asoslantirilgan javoblar berildi.

Farg‘ona viloyat iqtisodiy sudi raisi Tillavoldi Atabayev Rishton tumanida “Klaster” usulida paxta yetishtirish va uni qayta ishlash bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorning ishlab chiqarish sexida uning savollari va o‘rtaga tashlagan masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berdi.

Ko‘proq yangiliklar: