Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston bilan ikki tomonlama aloqalarni kengaytiradi

O‘zbekiston 09:40 / 17.07.2018 4844

16 iyul kuni Yevropa ittifoqi kengashi YeIning xorijiy ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili va Yevropa komissiyasi uchun O‘zbekiston bilan sherikchilik va hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha direktivani tasdiqladi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

YeI Kengashi press-relizida bildirilishicha, bo‘lajak bitim siyosiy muloqot va islohotlar, qonun ustuvorligi, sud tizimi, erkinlik va xavfsizlik, inson huquqlari, migratsiya, savdo-sotiq hamda iqtisodiy va barqaror rivojlanish kabi sohalarni qamrab olishi lozim.

Yangi bitim ishbilarmonlik va investitsion muhitni rivojlantirish, shuningdek, tashqi siyosat hamda iqlim o‘zgarishi, korrupsiya va terrorizmga qarshi kurash kabi global chaqiriqlar masalalari bo‘yicha hamkorlikni ta'minlaydi.

«O‘zbekiston yangi rahbariyat boshchiligida inson huquqlarini himoya qilish, qo‘shnilar va xalqaro sheriklar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan islohotlar borasida sezilarli o‘sishga erishdi. O‘zbekiston bilan sherikchilik va hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi bitim YeI va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqadi», — deyiladi YeI Kengashi press-relizida.

Ko‘proq yangiliklar: