Chiroqchida yuz bergan YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Jamiyat 15:40 / 17.07.2018 10923

16 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani hududidan o‘tuvchi «Chiroqchi-Qalqama» yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Chiroqchi tumanida yashovchi Q.J. o‘zining Nexia rusumli avtomashinasini tuman hududidan o‘tuvchi «Chiroqchi-Qalqama» avtomobil yo‘lining 18-kilometrida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmasligi sabab yo‘l chetiga chiqib ag‘darilib ketgan.

Natijada avtomashina yo‘lovchilari S.O. va X.B. ismli ayol jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: