Yangi qaror: ishsizlar va mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarga garovsiz kredit beriladi

O‘zbekiston 10:10 / 17.07.2018 27409

«Aholi bandligini ta'minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali ma'lum qilmoqda.

Qarorga muvofiq, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga 2018 yilda 150 milliard so‘m ajratish, 2019 yildan boshlab esa byudjyet parametrlarida 300 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha mablag‘lar ajratishni nazarda tutish belgilandi.

Mazkur mablag‘larning kamida 50 foizi “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB va Xalq banki ATBda kredit liniyalarini ochish va keyinchalik mazkur banklar tomonidan respublika tumanlari va shaharlarida yangi ish o‘rinlari tashkil etishni nazarda tutuvchi kichik va mini-loyihalarni amalga oshirish uchun mikrokreditlar ajratish maqsadida yo‘naltiriladi

Mikrokreditlar eng kam ish haqining 500 baravarigacha bo‘lgan miqdorda 3 yillik muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan, Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasi, shu jumladan, tijorat bankining ajratiladigan kredit stavkasining 50 foizi miqdoridagi marja bilan taqdim etiladi.

Bunda mikrokreditlar ishsiz shaxslarga, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga, turmushida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, kam ta'minlangan oilalarning a'zolariga va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga garov ta'minotisiz eng kam ish haqining 100 baravari miqdoridan oshmagan hajmda ajratilishi mumkin.

Birinchi marta mikrokredit olgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uni olgan sanadan boshlab 6 oy mobaynida qat'iy belgilangan soliq to‘lashdan ozod etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: