Jon Makkeyn Tramp va Putin uchrashuvini «fojiali xato» deb atadi

Jahon 08:00 / 17.07.2018 34452

Amerikalik senator Jon Makkeyn AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Xelsinkidagi uchrashuvini “fojiali xato” deb atadi. 

Makkeynning fikricha, Putin va Trampning birgalikdagi matbuot anjumani “prezident Trampning eng sharmandali chiqishlaridan biri bo‘ldi”. Uning ta'kidlashicha, bu matbuot anjuman AQSh prezidentligi “tarixdagi eng past darajada ekanligini” ko‘rsatdi.

Senatorning aytishicha, Tramp o‘z adovati, xudbinligi, avtokratlarga rahmi kelishi bilan yetkazgan zararni “hisoblab chiqish qiyindir” va Trampdan avvalgi birorta prezident “zolim hukmdor oldida bunday tubanlashmagan”.
 
Senatorning fikricha, Tramp “o‘z raqibiga haqiqatni ayta olmagan”. “Prezidentimiz bizni qanday bo‘lsak shunday, ya'ni o‘zida va xorijda erkinlik qadriyatlariga sodiq bo‘lgan erkin odamlar davlati qilgan narsalarni himoya qila olmadi”, deb aytgan Makkeyn. Uning aytishicha, AQSh prezidentlari bu qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlovchilar orasida birinchilar bo‘lishi kerak. “Amerikaliklar Tramp bu mas'uliyatni o‘z zimmasiga olishini kutmoqdalar va bunga ishonmoqdalar. Ular bekorga kutmayotganlariga umid qilish qolmoqda”, deb so‘zlarini yakunlagan senator.

Ko‘proq yangiliklar: