Zlatko Dalich: Bugun bizga omad yetishmadi

Sport 01:59 / 16.07.2018 7261

Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich jahon chempionati finalida Fransiyadan qabul qilingan mag‘lubiyatga munosabat bildirdi. 

"Bugun bizga musobaqa boshidan buyon kulayotgan omad yetishmadi. Birinchi gol standart holatida o‘z o‘yinchimiz tomonidan kiritildi. Vaholanki, golga tortadigan hech qanday vaziyat yo‘q edi. Ikkinchi gol penaltidan kiritildi – bu qiyin edi. 

Uchinchi va to‘rtinchi goldan so‘ng, o‘yinga qayta olishimizdan umid qilish qiyin edi. Manjukichning goli biroz umid berdi, biroq Fransiyadek kuchli raqibga qarshi 2ta gollik farqni yo‘qqa chiqarish juda mushkul", – dedi Dalich.

Ko‘proq yangiliklar: