Vengriya loukosteri Navoiyga parvozlarni amalga oshirishi mumkin

Navoiy viloyatiga Vengriya aviakompaniyasi tomonidan parvozlar amalga oshirilishi mumkin. «Dunyo» axborot agentligi xabar berishicha, bu haqda viloyat hokimi o‘rinbosari O‘ktam Islomov boshchiligidagi Navoiy viloyati delegatsiyasining Vengriyaga safari davomida so‘z borgan.
O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi ko‘magida Budapeshtda biznes-forum va qator ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etilgan. Delegatsiya Vengriyaning Wizz Air aviakompaniyasi prezidenti J. Varadi bilan uchrashgan.
Uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasi «Navoiy» xalqaro aeroportining salohiyati va respublikaning turistik imkoniyatlari taqdimotini o‘tkazgan hamda Budapesht-Navoiy-Budapesht aviayo‘nalishini yo‘lga qo‘yishning iqtisodiy samaradorligi o‘rganib chiqilgan.
Shuningdek, Navoiyda Vengriya bilan hamkorlikda bir nechta qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.
Wizz Air – Vengriyadagi byudjyet aviakompaniya hisoblanib, shtab-kvartirasi Vechesheda joylashgan. Aviakompaniya 2003 yil sentabrida tashkil etilgan, asosan Markaziy Yevropa bozorida faoliyat ko‘rsatadi.
Mavzuga oid

09:51 / 09.03.2025
Uchta viloyatda “valyutchiklar” ushlandi

19:13 / 07.03.2025
Toshkent va Samarqandda noyob minerallar texnoparki tashkil etilishi mumkin

16:39 / 06.03.2025
Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatish muddatiga oid cheklovlar bekor qilinadi

19:03 / 04.03.2025