Vaqf qilingan kitoblar Farg‘onadagi masjidlarga yetkazildi

Jamiyat 23:20 / 16.07.2018 7005

14 iyul kuni «Masjid va madrasalar uchun kitob aksiyasi» doirasida Farg‘ona viloyatining Quva tumanidagi 8 ta masjidga va Rishton tumanidagi 9 ta masjidga jami hisobda 26 mln so‘mlik 42 turdagi 750 ta kitob yetkazib berildi. Bu haqda «Vaqf» xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati xabar bermoqda

Foto: vaqf.uz

Masjidlarning har biriga O‘zbekistonda nashr etilgan «Muallimi soniy» kitobi uch donadan, «Bir vijdon uyg‘onur», «Men ham namoz o‘qiyman», «Odam ato va Momo havo», «Hazrati Nuhning kemasi va to‘fon voqeasi» kitoblari ikki donadan, «Qur'oni karim», shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub, «Odoblar xazinasi» to‘plami, «Muhammad sollallohu alayhi vasallamga sodiq Muhammad Codiq», «Amallar niyatga bog‘liq», «Bozor va unga bog‘liq masalalar» «Din nasihatdir», «Yengil amallar», «Zikr ahlidan so‘rang» kitobining 2, 5, 7-qismlari, «Oltin silsila» 2, 3, 5, 6-juzlari, «Halol ochiq - oydindir, harom - ochiq oydin», «Mo‘minning me'roji», «Bozor va unga bog‘liq masalalar», «Din nasihatdir», «Isrof», «Qarz va unga bog‘liq masalalar», «Sog‘lom bola», «Tasavvuf haqida tasavvurlar», «Zuhd va hayo» va «Ochiq xat» kitoblari bir donadan vaqf mulki qilib berildi.

Foto: vaqf.uz
Foto: vaqf.uz

Bundan tashqari, «O‘kinma», «Ihyo ulumiddin», «Qarz», «G‘iybat o‘zi nima?», «Qur'on qalblar shifosi», «Nurul basar», «Dunyo va din odobi» «Bir vijdon uyg‘onur» kabi kitoblar ham masjidlarga taqdim etildi.

Foto: vaqf.uz

Eslatib o‘tamiz, yig‘ilgan mablag‘lar evaziga O‘zbekistondagi barcha masjidlarga Qur'oni karim va shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub diniy-ma'rifiy kitoblar yetkazib berish hamda namozxonlarga qulaylik yaratish maqsadida masjidlarda bepul onlayn kutubxona tashkil etish rejalashtirilgan.

Foto: vaqf.uz

So‘mda pul o‘tkazish uchun plastik raqami (istalgan miqdorda, cheklovlar yo‘q):
8600 3104 5763 1232 (Bakiyev Hakim nomida)

Murojaat uchun telefon:

+998974490456 (Temurbek)
+998909074554 (Shavkatbek)

Ko‘proq yangiliklar: