«O‘zsanoatqurilishbank» ATB boshqaruv raisi lavozimiga tasdiqlandi

O‘zbekiston 18:05 / 16.07.2018 21062

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, Aziz Botirovich Voitov «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvining raisi etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram-kanalida ma'lum qilingan.

Voitov shu kunga qadar «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» ATB boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.​

Eslatib o‘tamiz, bundan avval «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvining raisi lavozimida ishlagan Alisher Mirsoatov ayni paytda «O‘zmilliybank»da faoliyatini davom ettirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: